Aziz Muxamedov qandolat mahsulotlari tayyorlab sotish orqali oyiga 100 million so‘m sof foyda topmoqda
2026-07-27 18:55:00 / Yangiliklar
Kogon shahar Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Do‘stlik koʻchasi 50-xonadonda istiqomat qiluvchi tadbirkor Aziz Muxamedov 2023-yildan buyon oilaviy tadbirkorlik asosida milliy shirinliklar tayyorlash va sotish faoliyati bilan samarali shugʻullanib kelmoqda.
Tadbirkor aholi buyurtmalari asosida turli xil shirinliklar, somsalar, tort mahsulotlari, tayyorlab mahalliy bozorda aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Faoliyati davomida 18 nafar fuqaroning doimiy bandligini taʼminlashga erishgan.
Ushbu loyihaning qiymati 200 million so‘mni tashkil qilib barcha mablag‘lar tadbirkorning o‘z mablag‘lari hisobidan. Hozirgi kunda tadbirkor faoliyati ortidan bir oyda o‘rtacha 100 million so‘m sof daromad topmoqda.

Aziz Muxamedov milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi boʻlgan "Ustoz–shogird" anʼanasi asosida 5 nafar yoshni kasb-hunarga oʻrgatib, ularga amaliy bilim va koʻnikmalar berib kelmoqda. Natijada yoshlarning kelgusida mustaqil mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi va barqaror daromad topishiga munosib hissa qoʻshmoqda.
Ma’lumot o‘rnidan Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inida 260 ta tadbirokor faoliyat yuritmoqda.
Kogonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirish yo‘lidagi bunday ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Kogon shahar hokimligi matbuot xizmati









