KOGON SHAHRI BO‘YICHA TABIIY GAZ ISTE’MOLCHILARINI TABIIY GAZ BILAN TA'MINLASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO'G'RISIDA
2026-04-10 09:25:00 / Matbuot anjumanlari

Iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish maqsadida hududlarga biriktirilgan xodimlar tomonidan mavjud gaz tarmoqlari doimiy nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib gaz quvurlarini soz holda saqlash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda. Shu bilan birgalikda hududlardagi iste’moldan kelib chiqqan holda mavjud 208 ta gaz taqsimlash punktlarida doimiy rejim sozlash ishlari bajarilib zaruriy bosimga sozlab borilmoqda.
Gaz tarmoqlarida yo‘qotishlarni qisqartirish va iste’molchilarni bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 1794 ta xonadonlar 3 bosqichli tizimdan ikki bosqichli tizimga modernezatsiya qilinishi natijasida extiyoj qolmagan 14 dona gaz taqsimlash punktlari demontaj qilib olindi.
Shu bilan birgalikda Kogon shaxar gaz xo‘jaliklarining 2025-2026 yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash, kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish maqsadida 2025 yil Manzilli dasturiga asosan gaz 2,75 km gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib amalda 3,264 km gaz kuvurlari to‘liq rekonstruksiya qilindi.
1 dona gaz taqsimlash punktlarini mukammal ta’mirlash rejasi belgilangan bo‘lib, amalda 1 dona (100%) gaz taqsimlash punktlari mukammal ta’mirlandi.
208 dona gaz taqsimlash punktlarini texnik taftishdan o‘tkazish rejasi belgilangan bo‘lib, amalda 208 dona (100,0%) gaz taqsimlash punktlari texnik taftishdan o‘tkazildi (shundan 14 tasi demontaj qilingan)
17 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash belgilangan bo‘lib, amalda 17 km (100%) uzunlikdagi gaz quvurlarida sinash va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Yer osti gaz quvurlarini holatini pribor usuli bilan (bur va shurf) tekshirish rejasi 26,8 km belgilangan bo‘lib, amalda to‘liq 26,8 km (100,0%) gaz quvurlarini holatini pribor usuli bilan (bur va shurf) tekshirib kamchiliklar bartaraf etildi.
Yer usti gaz quvurlarni estetik jihatdan tartibga keltirish va bo‘yoqlash rejasi 22 km rejalashtirilib, amalda 22 km (100%) gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirib bo‘yoqlandi.
Qish davrida tarmoqlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha avariya brigadasi shay holga keltirilgan va zaruriy avariya zaxiralari bilan ta’minlangan. Shuningdek avariya holatiga qarab zaruriy qo‘shimcha tovar-materiallar “Hududagaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali markaziy omboridan yetkazib beriladi.
