INVESTITSIYA MUHITINI YANADA YAXSHILASH VA UNING JOZIBADORLIGINI OSHIRISH, XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH CHORALARINI KO‘RISH YUZASIDAN KOGON SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA.
2026-02-10 09:30:00 / Press-relizlar

O‘tgan 2025 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati
420 mlrd.so‘mlik 36 ta investitsiya loyihalarining ishga tushurilishi natijasida 512 ta ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlandi.
Kogon shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari asosiy drayver sohalar hisoblanib, mazkur drayverlardan kelib chiqib joriy 2026 yilda qiymati
534,4 mlrd.so‘mlik 38 ta investitsiya loyihalardan iborat hududiy dastur tasdiqlangan bo‘lib, loyihalar ishga tushirilishi natijasida 750 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki yil boshida belgilab olgan rejalarimizni amalga oshirish orqali shu yilning birinchi yarim yilligida Kogon shahrini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha aniq hisob kitoblar mavjud.
Jumladan, sanoat yo‘nalishida bugungi kunda qiymati 5 mln.dollar bo‘lgan Koreyaning “KP Global” kompaniyasi hamda mahalliy tadbirkor hamkorligidagi qo‘shma korxona negizida beton plastifikator ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi, Buxoro Gipsum MChJ qo‘shma korxonasi negizida qiymati Xitoylik investor bilan hamkorlikda qiymati 8 mln.dollarlik gips panellari ishlab chiqarish loyihasi, Abdulla Qodiriy kichik sanoat zonasida Pokistonlik investor bilan hamkorlikda
4.5 mln.dollarlik tibbiy jihoz va uskunalar ishlab chiqarish loyihasi hamda Xitoydan 1 chorakda olib kelinishi rejalashtirilayotgan zamonaviy uskunalarni kiritish orqali qurilish materiallari sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun perlit ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir.
Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida xorijiy investorlar ishtirokida 2 ta xitoy, 1 ta Rossiya federatsiyasi, 1 ta Turkmaniston respublikasi, 1 ta Eron hamda 1 ta Koreya investor ishtirokida xorijiy hamda qo‘shma korxonalar tashkil etilgan bo‘lib, korxonalar negizida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirib bajarilishi rejalashtirilgan.
O‘tgan 2025 yilda eksport prognoz rejalari 150% ga yoki 11 mln.dollar bajarilgan bo‘lib, 2026 yilda 12 mlnga bajarilishi prognoz qilinmoqda.
