KOGONDA YOSH TADBIRKORNING KATTA REJALARI: Maxtumquli mahallasida yangi bosqich!
2026-03-12 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun Kogon shahrida an’anaviy "Payshanba — yoshlar kuni" tadbirlari doirasida navbatdagi amaliy uchrashuv o‘tkazildi. Shahar hokimi Mirshakar To‘raboyev boshchiligidagi sektor rahbarlari — prokuror Shohjahon Ergashev, IIB boshlig‘i Niyoziy Boltayev va soliq inspeksiyasi boshlig‘i Komila Ahmadova Maxtumquli mahallasida yashovchi yosh usta Oxun Davronovning faoliyati bilan tanishdilar.
Oxun Davronov — mehnatda toblangan yosh tadbirkor bo'lib, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish (Avtoservis) faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqda. Halol mehnati bilan oila byudjetiga barqaror daromad keltirmoqda. Kelgusidagi maqsadi faoliyatni kengaytirish va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.
Suhbat davomida yosh tadbirkorning zamonaviy uskunalar xarid qilish uchun 100 million so‘m imtiyozli kreditga ehtiyoji borligi aniqlandi. Sektor rahbarlari tomonidan ushbu murojaatni qisqa muddatda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Kogon yoshlari — davlat e’tiborida va doimiy qo‘llab-quvvatlovda! 🤝









