NAVBATDAGI “SIYOSIY-MA’RIFAT” SOATI BO‘LIB O‘TDI
2026-03-06 09:45:00 / Yangiliklar
Haftaning har juma kuni Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.

❗️Bugun, 6-mart kuni Kogon shahar hokimligining katta majlislar zalida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida shahar hokimi o‘rinbosarlari, apparat xodimlari, aloqador tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
📌Eslatib o‘tamiz, siyosiy ma’rifat soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.








