Kogonlik moʻtabar ayollar, munis opa-singillar sharaflandi
2026-03-06 11:55:00 / Yangiliklar

Davlat darajasida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar munis opa-singillarimizni yangi O‘zbekistonni barpo etishning barcha sohalarida faol ishtirok etib, Vatanimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishga undamoqda.
Ayni jihatlar "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda alohida e’tirof etildi.
Davlat va jamoat ishlarida, o‘qishda va ijodda, kundalik hayotimizning barcha sohalarida faoliyat yuritayotgan faol xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar bekalari, pir-u badavlat, aziz va muhtarama onaxonlar ishtirok etgan bayram tadbirida Kogon shahar hokimi Mirshakar To‘raboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Xalqimizni rozi qilishdek oliy maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish hurmatli Prezidentimiz olib borilayotgan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanganligi ta’kidlandi.
Tadbir shahrimiz san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli kechdi.
Tadbir davomida Kogon shahrida “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi shahar boshqichida tashkiliy komissiyasi tomonidan go‘lib deb topilgan nomzodlar taqdirlandilar.









