RASMIY MUNOSABAT
2026-05-23 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 23-may kuni respublikamizning ko‘plab hududlari singari Kitob tumanining tog‘li hududlarida ham kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatildi va buning oqibatida tumanning "Katlos" mahallasida kichik hajmdagi sel oqimlari yuzaga keldi. Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan tuman hokimligi, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda mas’ul idoralar vakillaridan iborat tezkor ishchi guruh tuzilib, voqea joyiga yetib bordi. Ishchi guruh tomonidan hududdagi suv o‘tish yo‘llariga to‘planib qolgan loyqa va shoh-shabbalar maxsus texnikalar yordamida qisqa muddatda to‘liq tozalanib, muammo darhol bartaraf etildi. Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida hududdagi yo‘l infratuzilmasi, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari hamda fuqarolar salomatligiga hech qanday jiddiy zarar yetmagani aniqlandi. Ayni vaqtda mazkur hududdagi avtomobil yo‘lida transport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakati to‘liq tiklangan bo‘lib, vaziyat nazorat ostida ekanligini ma’lum qilamiz.


