Oila institutini rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha muhim tashabbus
2025-09-26 14:55:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning baxtli va mustahkam turmush qurishlariga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hafta kunlari bo‘yicha maxsus dastur asosida maskan faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbirda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi D. G‘afforova, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Shomiyeva, FHDYo xodimi G. Beknazarova,
oqila ayollar a’zosi G. Norqulova ishtirok etdilar.
Yoshlar o‘rtasida “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida suhbat o‘tkazilib, oilaviy qadriyatlar, totuvlik va o‘zaro hurmatning muhimligi haqida bilimlar berildi. Tadbir yakunida 22 nafar nikohlanuvchiga maxsus sertifikatlar topshirildi.







