Karmana tumanida “Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening” oyligi doirasida tadbir o‘tkazildi
2025-09-07 10:35:00 / Yangiliklar
Karmana tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman “Buvijonlar maktabi” rahbari E. Zoxidova hamda “Oqila ayollar” harakati a’zosi G. Norqulova tomonidan 2025-yil sentabr oyida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qarori asosida o‘tkazilib, unda: oilaviy ajrimlarning oldini olish, yoshlarni zamonaviy talablar asosida nikoh va oilaviy hayotga tayyorlash, gender tenglik tamoyillarini mustahkamlash, oilaviy hayotning ma’naviy-axloqiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va iqtisodiy jihatlariga oid bilimlar berildi.
Trenerlar ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda 14 nafar nikohlanuvchi yoshlar qatnashib, ular uchun maxsus sertifikatlar topshirildi.




