Karmana tumanida korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
2025-07-11 09:45:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida davlat va jamiyat rivojiga katta to‘siq bo‘layotgan korrupsiya illati, uning salbiy oqibatlari keng muhokama qilindi. Rahbarlar tomonidan korrupsiyaning jamiyat hayotidagi zararli ta’siri, unga qarshi kurashishda har bir fuqaroning mas’uliyati va faol ishtiroki alohida ta’kidlandi.
Muloqotda ayniqsa, korrupsiyaning bugungi kunda turli ko‘rinishlarda avj olayotgani, davlat xizmatlaridan tortib, kundalik hayotimizgacha kirib kelgani bo‘yicha hayotiy misollar keltirildi. Bu misollar orqali ishtirokchilarga ushbu illatning nechog‘li xavfli ekani va uni ildizi bilan yo‘q qilish zarurligi chuqur tushuntirildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikni oshirish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va aholida fuqarolik mas'uliyatini shakllantirish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.



