TUMAN HOKIMI INVESTORLARNI QABUL QILDI
2025-02-07 19:35:00 / Yangiliklar
TUMAN HOKIMI INVESTORLARNI QABUL QILDI

Karmana tumani hokimi Valijon Adizov, tuman hokimi o‘rinbosari Amriddin Akramov Xitoyning "Huokabaonong Co" kompaniyasi rahbari Zeng Shaowu bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Karmana tumanida qurilish materiallar zavodini qurish uchun barcha komunikatsiya talablariga javob beradigan joy topish bo‘yicha muhokama olib bordilar.
Shuningdek, tuman hokimi tomonidan investorlarga bugungi kunda O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.






