KARMANADA “QISHLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI NATIJALARI O‘RGANILDI
2026-10-23 10:50:00 / Yangiliklar
2026-yil 21–22-oktyabr kunlari xalqaro ekspert Elinor Bajraktari (Kanada) “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining yakuniy baholash missiyasi doirasida Karmana tumanidagi pilot mahallalarda amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi.

Tashrif davomida loyiha doirasidagi subloyihalar joyida ko‘zdan kechirildi, mahalla raislari, tashabbuskor guruhlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazildi. Ularda mahallalarni rivojlantirish rejalarini amalga oshirish jarayoni va erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi.
—
Baholash natijalari loyihaning yakuniy hisobotida aks ettirilib, kelgusida qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va keyingi bosqichlarni rejalashtirishda foydalaniladi.



