KARMANADA YOSHLAR BANDLIGI VA MAHALLALAR FAOLIYATI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-22 16:55:00 / Yangiliklar
Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ullari bilan birgalikda mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda "Yoshlar kuni" doirasida ishsiz yoshlarni ishga joylashtirish, ularni mavjud muammolarini bartaraf etish hamda tadbirkorlik subyektlari — yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), dehqon xo‘jaliklari hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
—
Shuningdek, aholi xatloviga oid ma’lumotlarni "Onlayn mahalla" platformasiga kiritish holati, kambag‘al oilalar daromadlarini oshirish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
—
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
