KARMANADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-21 14:30:00 / Majlislar
Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Zayniyev raisligida mahalla hokim yordamchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda kasbga o‘qitishni tamomlagan fuqarolar bandligini ta’minlash, aholi xatlovini “Onlayn mahalla” platformasiga kiritish, mahallalardagi mikroloyihalar va migratsiya masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, faoliyati past quvvatda ishlayotgan korxonalar ishlab chiqarish hajmini oshirish, kambag‘al oilalar reyestridan chiqarilgan xonadonlar daromadlari dinamikasi hamda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalariga e’tibor qaratildi.





