TUMANDAGI XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI KO'RILDI
2026-10-14 16:55:00 / Yangiliklar
Sardoba mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning ish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda ularning faoliyatini yanada rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni doimiy va daromadli ish o‘rinlariga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.






