Baxtli oila sari
2026-08-06 18:30:00 / Yangiliklar
Karmana tumani Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i N.Shomiyeva, FHDYo mudiri J.Annaqulov, tuman Adliya bo'limi, bosh otinoyi N.Husenova, oqila ayollar harakati yetakchisi M.Ansorova, nuroniylar, mahalla faollari, yurist O.Rajabov, psixolog N.Keldiyorovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF–33-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Maishiy zo‘ravonliksiz baxtli oila” mavzusida o'quv mashg'ulot “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da tashkil etildi.

Tadbirda jami 18 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etdi. Ularga ota-onalik mas’uliyati, tazyiq va zo'ravonliksiz hayot, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tushunchalar berildi, oilaviy hayotga tayyorgarlik darajasini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida 9 ta juftlikka sertifikat topshirildi.









