KORRUPSIYA - JAMIYAT KUSHANDASI!
2026-07-14 14:55:00 / Yangiliklar

Unda tuman hokimi, tuman prokurori, Ichki ishlar bo‘limi rahbari, tumandagi barcha tashkilot va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
⚠️Tuman hokimi hamda tuman prokurori tomonidan:
🔹 korrupsiyaning oldini olish;
🔹 xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish;
🔹 qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tuman prokurori hamda Ichki ishlar bo‘limi rahbari hududda kuzatilgan ayrim holatlar bo‘yicha aniq misollarni keltirib, bunday qonunbuzarliklarning kelgusida takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning barvaqt oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Yig‘ilish yakunida barcha tashkilot rahbarlariga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va har bir faoliyatda halollik tamoyiliga qat’iy amal qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Karmana tumanida korrupsion holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish hamda halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlashdir.









