Korrupsiyasiz tibbiyot – shaffoflik va adolatli xizmat ko‘rsatish kafolati
2026-01-21 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi illat ekani ta’kidlanib, 2026-yil korrupsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rish yili etib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Karmana tumani tibbiyot birlashmasida davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash, amaldagi qonunchilik hujjatlari, Prezident farmon va qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy buyruqlari asosida tizimli chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.
Birlashmada amalga oshirilayotgan asosiy islohotlar:
-
Raqamlashtirish va elektron xizmatlar: Inson omilini kamaytirish maqsadida elektron navbat, elektron order va elektron retsept tizimlari to‘liq amaliyotga joriy etildi.
-
Tibbiy sug‘urta va shaffoflik: DMED hamda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi orqali har bir fuqaroga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning ochiqligi ta’minlanmoqda.
-
Bepul dori-darmon ta’minoti: Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar belgilangan me’yorlar bo‘yicha bepul dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlanmoqda.
-
Jamoatchilik nazorati va huquqiy savodxonlik: Bemorlar fikrini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, xodimlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Karmana tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida, ochiqlik va adolat tamoyillariga qat’iy amal qilish, xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik hamda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishni o‘z jamoamiz bilan birgalikda eng ustuvor burchimiz deb bilaman.
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz tibbiyot birlashmasi faoliyatida, jumladan, ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish yoki dori-darmon ta’minoti jarayonida korrupsiyaviy holatlarga, tamagirlik yoki huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang va darhol quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qiling:
-
📞 Sog‘liqni saqlash vazirligi ishonch telefoni:
1203 -
📞 Navoiy viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi:
1103 -
📞 Karmana tuman tibbiyot birlashmasi ishonch telefoni:
79-532-44-86
Sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga o‘rin yo‘q! Biz korrupsiyaga birgalikda qarshi turamiz!
Tagayev Nuriddin Turobovich
Karmana tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
