KARMANADA YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI.
2026-10-15 14:55:00 / Yangiliklar

Yarmarkada tumanda faoliyat yuritayotgan davlat va xususiy sektorga mansub 50 dan ortiq korxona va tashkilot jami 250 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.Tadbirda 200 nafar yosh ishtirok etib, ulardan 100 nafardan ortig‘ini ishga joylashtirish bo‘yicha ish beruvchilar bilan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.
Mazkur mehnat yarmarkasining asosiy maqsadi yoshlar bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar egallashlari va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Karmana tumanida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.






