KARMANADA 100 GЕKTAR MAYDONDA ANORCHILIK PLANTATSIYASI TASHKIL ETILADI
2026-10-08 10:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-58-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumani hokimi Shohruh Boltayev Ozarbayjondan tashrif buyurgan investorlar hamda “Sirdaryo Agro Star” mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tumanning “Sardoba” mahallasida 100 gektar maydonda zamonaviy anorchilik plantatsiyasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Yakunida loyihani samarali amalga oshirish, belgilangan vazifalarni izchil bajarish va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.


