KARMANADA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-24 17:35:00 / Yangiliklar

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar ijrosini tahlil qilish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari D. Nazarov hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman vakili ishtirokida otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Muhokama davomida yoshlarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ishsiz yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda doimiy bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Yakunida mas’ullarga har bir yosh bilan individual ishlash, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish hamda bandligini ta’minlash tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.







