YOSHLAR TUMAN PROKURATURASI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
2026-09-17 09:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida yoshlar prokuratura organlarining ish faoliyati, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tuman prokurori Z. Barnayev yoshlarni prokuratura organlarining kundalik faoliyati bilan tanishtirib, ularning huquqni muhofaza qilish tizimi, qonunchilik va prokuratura faoliyatiga oid savollariga javob berdi. Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda qonuniylikka rioya etishning ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tashrif yoshlarning qiziqishlarini oshirish, huquqiy bilimlarini mustahkamlash va prokuratura organlari faoliyati haqida amaliy tasavvur hosil qilishlariga xizmat qildi.







