“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi
2026-07-22 15:30:00 / Yangiliklar
2026-yil 21-iyul kuni "Kumushkon" MFYdagi 11-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida hamda mahalla aholisi, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalar futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda stritbol sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarning asosiy maqsadi aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy tayyorgarligini oshirish, epchillik, chaqqonlik va tezkorlik sifatlarini rivojlantirishdan iborat.
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.



