“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari”
2026-06-06 22:15:00 / Yangiliklar

Tanlovda 10 ta yoʻnalish boʻyicha Karmana tumanidagi 39 ta mahalladan 41 nafar yoshlar ishtirok etib, oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyon etdilar. Quvonarlisi, deyarli barcha yoʻnalishlar boʻyicha mahalla yoshlari faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Jumladan, “Oʻzbekiston” mahallasi yoshlaridan Saidov Ozodbek Jumaqul oʻgʻli oshpazlik yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega boʻldi.
Shuningdek, “Qahramon” MFYda yashovchi Safarov Sherzod Ozod oʻgʻli sartaroshlik yoʻnalishida tuman bosqichida 1-oʻrinni egallab, viloyat bosqichi ishtirokchisiga aylandi.
Tanlov yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash hamda zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga yoʻnaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


