“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” tadbirlari o‘tkazildi
2026-04-16 16:05:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati, Navoiy viloyati Harbiy prokuraturasi, viloyat FVB Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamkorlikda Karmana tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida xizmat intizomini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan:
korrupsiya illatlarining oldini olish,
oilaviy zo‘ravonliklarga qarshi kurashish,
xizmat vakolatidan tashqari faoliyat bilan shug‘ullanmaslik,
transport vositalarini boshqarishda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish,
diniy mazmundagi noqonuniy materiallarni tarqatmaslik va qo‘llab-quvvatlamaslik,
narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik,
kasb etikasi va xizmat odobiga amal qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


