AYOLLAR BANDLIGI YO`LIDA...
2026-05-15 20:35:00 / Yangiliklar

Jumladan, tuman hokimi o'rinbosari N.Shomiyeva tomonidan "Xonchorbog'" MFY va "Ko'hna qo'rg'on" MFYda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar hamda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida, avvalo, xotin-qizlarning tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishini oshirish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, oilaviy biznes va hunarmandchilik faoliyatini yo'lga qo'yish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Mahallalarda yashovchi faol xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va kasb-hunarga o'qitish dasturlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Muddatli harbiy xizmatni o'tab qaytgan yoshlar bilan bo'lib o'tgan muloqotlarda esa ularning bandligini ta'minlash, munosib ish o'rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi.


