AYOLLAR VA BOLALAR huquqlarini himoya qilish - ustuvor vazifa
2026-04-15 16:30:00 / Yangiliklar
Karmana tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi PF-33-son Farmoni — “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Innovatsiyalar universitetida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari N.Shomiyeva, respublika targ‘ibot guruhi rahbari D.Xudayberganova, shuningdek, a’zolar M.Mirsoliyeva va M.Sultonovalar ishtirok etib, Farmonning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berishdi.
Tadbir davomida tashkilot mas’ullari hamda universitet talabalari ishtirokida ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, erta nikoh va erta tug‘ruqning oldini olish, shuningdek, ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda tegishli mas’ullarga ushbu yo‘nalishlarda targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.



