KARMANALIK AYOLLAR DOIMIY E'TIBORDA
2026-03-04 18:55:00 / Yangiliklar

Jarayon davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli o‘rganilib, ularni kambag‘allik darajasidan chiqarish, doimiy bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning yashash sharoitini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bandlikni ta’minlash maqsadida kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘maklashish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Mazkur sa’y-harakatlar mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.


