HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI
2026-02-06 12:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida yoshlarning qariyb 80 foizi hozirda ishsiz ekanini ochiq bildirib, bandlik masalasida amaliy yordam so‘radi. Hokim tomonidan yoshlar murojaatlari alohida e’tibor bilan tinglanib, ularning har biri bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Eng muhimi, uchrashuvning o‘zidayoq bir qator yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning bandligi ta’minlanishi ma’lum qilindi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning muammolarini joyida hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.








