Karmana tumanida tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-01-27 18:55:00 / Yangiliklar
Karmana tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Zayniyev hamda tuman hokimi o‘rinbosari N.Shomiyeva ishtirokida tumandagi tadbirkor ayollar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollarning murojaat va takliflari tinglandi. Muloqot davomida ayollarni qiynayotgan muammolar, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kredit va moliyaviy masalalar, yer ajratish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Har bir masalani joyida o‘rganish va qonun doirasida hal etish vazifalari belgilab olindi.






