Karmana tumanida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi innovatsion loyihalar muhokama qilindi
2026-01-26 16:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida neft va gaz quduqlarini burg‘ulash jarayonida foydalanish uchun ikkilamchi mahsulotlar va mahalliy xom-ashyolar asosida tejamkor polimer kompozit mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi atroflicha muhokama qilindi. Ushbu loyiha sanoat samaradorligini oshirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida keng qo‘llaniladigan maydalangan marmar kukuni — mikrokalsit ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion loyihani amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar loyiha rahbarlari ishtirokida mazkur tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni kelgusida ham davom ettirish, shuningdek, bildirilgan qo‘shimcha taklif va mulohazalarni kengroq formatda ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.



