Yoshlar bilan ishlash masalalari doimiy nazoratda
2026-02-01 16:15:00 / Yangiliklar

Muloqot jarayonida har bir yoshning murojaati individual tarzda tinglanib, muammolariga joyida amaliy yechim topish choralari ko‘rildi. Xususan, sharoiti og‘ir bo‘lgan bir nafar yoshning muammolari bevosita uchrashuv davomida hal etildi. Unga pasport rasmiylashtirib berilishi, zarur kiyim-kechak bilan ta’minlanishi ta'kidlandi. Shuningdek, uning ishsiz bo‘lgan otasi doimiy ish bilan ta’minlandi. Hokim tomonidan ushbu yoshga kelgusida ham muammolari yuzaga kelsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.
Uchrashuvda tuman hokimi yoshlar doimo uning shaxsiy nazoratida ekanini, ularning muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash va hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.





