Jamiyat tayanchi bo‘lgan ayollar e’tirofi
2026-01-11 10:35:00 / Yangiliklar
Jamiyat hayotida faol ishtirok etib, fidokorona mehnati, ijtimoiy tashabbuslari hamda ma’naviy-ma’rifiy faoliyati bilan alohida ajralib turgan “Oqila ayollar” harakati a’zolari va mahalla xotin-qizlar faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Malika Mamadiyarova tomonidan Karmana tumani “Oqila ayollar” harakati a’zosi Gulchexra Norqulova hamda "Paxtaobod" mahallasi faoli Axmedova Xanifa o‘zlarining namunali faoliyati, tashabbuskorligi va jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun munosib rag‘batlantirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday e’tiroflar ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. “Oqila ayollar” harakati a’zolari va mahalla faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar esa yosh avlod uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.




