HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI!
2025-12-17 16:35:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi Shohruh Boltayev rahbarligida samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida karmanolik yoshlarning bandligini ta’minlash yo‘lidagi 70 ta muammo ijobiy yechimga qaratildi, ya’ni yoshlarning barchasi ish bilan ta’minlandi. Bu vazifa esa, tegishliligi boʻyicha mas’ul tashkilot vakillariga yoʻnaltirilib, yakuni boʻyicha tuman rahbariga axborot berishlari uchun aniq muddatlar belgilandi.
Shuningdek, tadbir davomida faol, tashabbuskor va o‘z g‘oyalari bilan ajralib turgan yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar e’tibordan chetda qolmadi. Ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilishi, bunday ochiq muloqotlar esa muntazam tashkil etilishi ta’kidlandi.









