Karmana tumanida oilaviy ajrimlarni oldini olish va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
2025-12-01 12:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda tuman hokimi o‘rinbosari N. Shomiyeva, tuman FIB sudi raisi U. Raupov, tuman JIB sudi raisi B. Imomov, sudya D. Aminova, tuman “Nuroniylar” kengashi raisi O‘. Rajabov, tuman bosh otinoyisi N. Husenova, shuningdek mahalla faollari va “Oilaviy qadriyatlar komissiyasi” a’zolari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi: Joriy yilda tumanda ajrimlar sonining oshishi va maishiy zo‘ravonlik holatlarining ko‘payishi;
Ushbu muammolarni bartaraf etishda davlat idoralari, mahalla faollari va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi;
Ajrim yoqasida turgan oilalar bilan manzilli va tizimli ishlash, psixologik yordamni kuchaytirish;
Aholi o‘rtasida maishiy zo‘ravonlikka qarshi profilaktik choralarni kengaytirish.
N. Shomiyeva o‘z nutqida mavjud muammolarni bartaraf etish har bir mutasaddi tashkilotning bevosita mas’uliyati ekanini ta’kidlab, eng avvalo profilaktika ishlarini sifatli tashkil etish, xonadonlarga chiqqan holda real holatni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish zarurligini qayd etdi.
Tadbir yakunida mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi, jumladan:
Mahallalarda profilaktika ishlari samaradorligini oshirish;
Nizoli oilalar bo‘yicha yagona elektron nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish;
Psixologlar, huquqshunoslar, otinoyilar, nuroniylar va mahalla faollari ishtirokida kompleks guruhlar faoliyatini kuchaytirish;
Maishiy zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini ko‘paytirish.






