Seminar
2025-12-01 12:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining ishtiroki seminarni o‘ziga xos muloqot maydoniga aylantirdi. Unda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi profilaktika ishlari, tashkiliy jarayonlarda shaffoflikni kuchaytirish hamda ta’lim tizimida halollik standartlarini joriy etish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi
Seminar davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ochiq dars mashg‘ulotlari, sahnaviy chiqishlar hamda mavzuga doir ijodiy ishlanmalar namoyish etildi
Shuningdek, oy davomida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov va musobaqalarda yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Z.Niyazov tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









