Agentlik xodimlari IV Biznesda halollik forumida ishtirok etdi
2025-10-22 12:45:00 / Yangiliklar

Toshkent shahrida xalqaro IV Biznesda halollik forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
Forumning asosiy maqsadi — tadbirkorlik muhitida halollik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi samarali dasturlarni ilgari surish, davlat va xususiy sektor o‘rtasida ochiq muloqotni kuchaytirishdan iborat.
Tadbir doirasida Biznes-ombudsman institutlari tajribasi, tadbirkorlar shikoyatlarini qabul qilish va hal etish mexanizmlari, ISO 37001 standarti asosida komplayens tizimlarini joriy etish, shuningdek, xususiy va davlat sektorlarida halollikni rag‘batlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlik dasturlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Forum yakunlanishida “Halollik xartiyasi” imzolandi.




