Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv
2025-10-03 16:35:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida navbatdagi uchrashuv
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi doirasida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur tadbir joriy yilning 7–11-iyul kunlari Latviya Respublikasida bo‘lib o‘tgan “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish” mavzusidagi yozgi maktab hamda may oyida Agentlikda o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari ishtirokchilarini birlashtirdi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mas’ul xodimlari hamda xalqaro mustaqil ekspertlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar tomonidan “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan tayyorlangan xulosalar taqdim etildi va keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishning samarali mexanizmlari, ularni milliy amaliyotga tatbiq etish yo‘llari va xalqaro tajribadan foydalanish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbirda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi Miraziz Mirazimov ham faol ishtirok etdi. Xalqaro ekspertlarga Agentlikga korrupsion xolatlarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ham milliy, ham xalqaro darajada hamkorlikni mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarishga qaratilgan amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish va tajriba almashishga xizmat qildi.


