O‘RQ–1155-son Qonun mazmun-mohiyati
2026-07-03 12:45:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan Qonun, qarorlar va farmonlar talablaridan kelib chiqqan holda va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-iyunda qabul qilingan 1155-sonli "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlaruchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyatini tizim xodimlariga yetkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda yangi qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga kiritilgan muhim o‘zgarishlar, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, komplayens va ichki nazorat tizimlarining huquqiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan yangi normalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.







