Bo‘zatovlik yana bir yosh uy-joy bilan ta’minlandi.
2025-12-01 09:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi PQ-5216-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, uy-joyga muhtojlar qatorida ro‘yxatda turgan Shawdırbaeva Gulnur Dawılbay qiziga "Bo‘zatov" ShFY hududidan barcha zarur sharoitlarga ega bo‘lgan 2 xonali uy topshirildi.

Imoratni topshirish marosimida Bo‘zatov tumani hokimi B.Ubbiniyazov, tuman prokurori J.Ashirbaev, tuman IIB boshlig‘i U.Kurbanbaeva va tegishli soha rahbarlari ishtirok etib, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Bu ezgu tashabbus nafaqat bir yoshning hayotini o‘zgartiribgina qolmay, balki yurtimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
O‘z navbatida, uy egasi G.Shawdırbaeva yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.





