O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida "Fransiya madaniyati oyligi" doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-11-07 10:50:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik bo‘yicha fikr-takliflar bildirib, kelgusi vazifalarni belgilab oldi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeev, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, Madaniyat vaziri B.Temirbaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri A.Ayapov, "Qoraqalpoqfilm" kinostudiyasi DUK direktori I.Abdikalikov va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori R.Allanbaevlar ishtirok etdi.
Tadbir konservatoriya talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.


