XAVFSIZ VA SOG‘LOM YURT – TINCHLIK VA OSOYISHTALIK YO‘LIDA
2026-11-17 17:45:00 / Yangiliklar

Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Jondor tumani hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan keng qamrovli reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi – tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda aholi uchun xavfsiz muhit yaratishdan iborat.
Zero, xavfsiz yurt – farovon hayot garovi!
Jondor tumanida bu boradagi tezkor profilaktik tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.






