🎼MUSIQA — ISTE’DODLAR KASHF ETILADIGAN OLAM!
2026-10-15 23:35:00 / Yangiliklar

Jondor tuman “Kelajak” markazida musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar doirasida musiqa ta’limining bugungi holati, yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va o‘quvchilarda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro fikr almashib, musiqa mashg‘ulotlarini yanada samarali tashkil etish, iste’dodli yoshlarni aniqlash va ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflarni muhokama qildilar.
Har bir iste’dod — yangi imkoniyat, har bir kuy esa qalblarga yo‘l topuvchi san’at!







