Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev 51-maktabda iqtidorli oʻquvchilar bilan uchrashdi
2026-10-15 22:50:00 / Yangiliklar

Bugun, Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev tumandagi 51-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilayotgan Asosiy fan olimpiadasining tuman bosqichi ishtirokchilari va ularning ustozlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman hokimi iqtidorli oʻquvchilarning bilim darajasi va tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishib, ularga navbatdagi bosqichlarda zafarlar tiladi.
Muloqot davomida yoshlarning bilim olishga boʻlgan intilishi yuqori baholandi, oʻquvchilarni tayyorlayotgan fidoiy ustoz va murabbiylar mehnatiga alohida eʼtirof bildirildi hamda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoitlar yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Barcha olimpiada ishtirokchilariga viloyat va respublika bosqichlarida yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlarini tilab qolamiz!





