JONDOR TUMAN HOKIMI JAMSHID XUDOYEV 1-SPORT MAKTABIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
2026-10-15 22:15:00 / Yangiliklar

Jondor tuman hokimi Jamshid Xudoyev tumandagi 1-sport maktabida sportchi yoshlar va ularning murabbiylari bilan uchrashdi.
"Payshanba – Yoshlar bilan ishlash kuni" munosabati bilan oʻtkazilgan samimiy muloqotda tuman miqyosida sportni yanada rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish hamda sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi yosh sportchilarning erishayotgan yutuqlarini eʼtirof etib, ularni kelgusida respublika va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlariga tilak bildirdi. Shuningdek, murabbiy va sportchilarning taklif hamda muammolari tinglanib, ularni hal etish boʻyicha masʼullarga tegishli topsiriqlar berildi.







