Jondor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Fayzullayev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
2026-10-20 14:15:00 / Yangiliklar

Bugun, 2026 yil 20 oktyabr kuni Jondor tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U.Fayzullayev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Shaxsiy qabul jarayonida har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Qonunchilik doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijroga qaratildi hamda ijrosi nazoratga olindi.


