Fuqarolar murojaatlari — e’tibor va nazoratda
2026-09-18 14:20:00 / Yangiliklar

Jondor tuman hokimi J.Xudoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli o‘tkazdi.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlarda ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma, uy-joy va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif hamda muammolar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning ijrosini ta’minlash va natijadorligini nazorat qilishga alohida ahamiyat berildi.









