DIQQAT E’LON!
2026-09-17 18:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli Jondor tumani aholisi!
Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, 2026-yil 18-sentyabr kuni soat 08:00 dan boshlab tuman Xalq qabulxonasi binosida Jondor tuman hokimi J.Xudoyev tomonidan, soat 15:00 dan boshlab tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rahmonova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Mazkur fuqarolar qabuliga muammosi va taklifi bo‘lgan barcha fuqarolarni taklif etamiz.
