RASMIY MUNOSABAT
2026-09-18 15:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Jondor tumani, "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Bodomzor qishlog‘i (Arabxona-1) ichki ko‘chalarini ta’mirlash bo‘yicha bildirilgan murojaat tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi va o‘rganib chiqildi.
Ma’lum qilamizki, mazkur murojaatda ko‘tarilgan masala – Bodomzor qishlog‘i (Arabxona-1) ichki ko‘chalarini ta’mirlash va fuqarolarga qulay sharoitlar yaratib berish ishlari hududning mahalliy byudjet parametrlari hamda manzilli dasturlariga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, ko‘rsaatib o‘tilgan ichki ko‘chalarni ta’mirlash ishlari joriy yilning 4-choragida amalga oshirilishi ko‘zda tutilganligini ma’lum qilamiz.
Tuman aholisining turmush tarzini yanada yaxshilash, infratuzilmani takomillashtirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
