Jondor tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Rahmonova tomonidan shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-08-21 13:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-avgust kuni Jondor tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh. Rahmonova tomonidan tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolardan oilaviy nizolarni bartaraf etish, bola nafaqasini tayinlash hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi, masalalarni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.






